Otabek Umarov Xitoyda sportchilarimizni yo‘qladi (foto)
OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining Atletlar shaharchasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston delegatsiyasining shtab-kvartirasini ko‘zdan kechirdi.
Unga Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov hamda Oybek Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston MOQ rahbariyati hamrohlik qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter