Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasi va ukasidan ayrilgan o‘zbekistonlik o‘smirning ahvoli og‘ir

Ota-onasi va ukasidan ayrilgan o‘zbekistonlik o‘smirning ahvoli og‘ir

Illyustrativ foto

Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan halokatli YTHda jabrlangan 15 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan halokatli YTHdan so‘ng Oqjayiq tuman kasalxonasiga yetkazilgan o‘zbekistonlik o‘smir jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Operatsiyadan so‘ng shifokorlar bemorning ahvolini barqaror va og‘ir deb baholashmoqda. O‘smirga zaruriy muolajalar ko‘rsatilmoqda, deya xabar qildi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Qozog‘istonning Oqjayiq tumanidan o‘tgan Uralsk-Atirau trassasida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. O‘zbekistonlik 41 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Mazda CX-7 avtomashinasida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. YTH natijasida Mazda SX-7 haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi – 1984 yilda tug‘ilgan ayol va 2012 yilda tug‘ilgan bola voqea joyida vafot etgan. Ularning barchasi bir oilaning a’zosi bo‘lgan. Oilaning faqat 15 yoshli farzandi omon qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring