Ota-ona uchun eslatma: Bola yomon bo‘lib tug‘ilmaydi!

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi o‘zaro hamkorlikda ota-onalar uchun farzand tarbiyasiga oid ko‘rgazmali shakldagi eslatmalar tayyorladi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan ma’lumot berilgan.
«Hurmatli ota-onalar!
Agar Siz farzand tarbiyasida, u bilan munosabatda va muloqotda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin», – deyiladi xabarda.
Ushbu xabarga ilova tariqasida Toshkent, Farg‘ona va Samarqand shahridagi ijtimoiy moslashuv markazlari telefon raqamlari keltirilgan.
Telefonlar:
Toshkent sh. - 71-281-50-18
Farg‘ona sh. - 73-244-54-71
Samarqand sh. - 66-233-69-09
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter