O‘ta og‘ir bemorning ahvolini bir ko‘ring (video)
SSV matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan videolavhada aks etganidek, sun’iy nafas olish apparatiga ulangan koronavirusga chalingan og‘ir ahvoldagi bemorga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli ushbu bemorning ahvoli o‘ta og‘ir. U yillar davomida qandli diabetdan davolanib kelgan, ayni paytda ushbu kasallikning 2-turi og‘ir kechmoqda, bemor insulinga muhtoj. Shuningdek, yog‘li gpatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklari ham mavjud. Bu esa bemorda xastalikning og‘ir kechishiga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu holat butun dunyo mamlakalarida shiddat bilan tarqayotgan koronavirus infeksiyasining naqadar xavfli ekanligidan dalolat beradi. Agar karantin qoidalariga qat’iy rioya etmasak, xushyor bo‘lmasak, nafaqat o‘zimizni, balki yaqinlarimizni ham xavf ostiga qo‘yishimiz mumkin. Negaki, atrofimizda koronavirusga chalinganlar yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi...
Shunday ekan, o‘zimiz uchun xulosa qilaylik, har qadamda, har qanday inson orqali koronavirus infeksiyasi yuqish ehtimoli borligini unutmagan holda, ozodalikni va ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik, ko‘chaga chiqqanda niqob taqib yurish kabi karantin qoidalariga qat’iy rioya etishni aslo yoddan chiqarmaylik.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ham toshkentlik bemorda koronavirus infeksiyasi o‘ta og‘ir kechayotgani aks etgan video namoyish qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter