Ostona – yo‘lning niyati! (video)
Uning ijod yo‘li Alisher Navoiyning «Xamsa» dostoniga murojaat ila boshlangandi. U Navoiyni o‘ziga g‘oyibona ustoz, deb bildi.
Bundan 11 yil avval u Navoiy «Xamsa»siga mansub «Saddi Iskandariy» asari asosida sahnalashtirgan «Iskandar» monospektakli o‘zbek teatr san’atida katta voqea bo‘libgina qolmay, balki uning kelgusi ijodiy kamoloti ufqlaridan ham darak berardi!
O‘shanda u hali talaba edi... Bu nom egasi – bugun O‘zbek milliy akademik drama teatrining bosh rejissyori Asqar Xolmo‘minovdir!
U Navoiyni anglashga intilgani sari Navoiy ham unga g‘oyibona hamrohdir asli... U har kuni «Navoiy» ko‘chasi bo‘ylab odimlaydi. Bu ko‘cha u uchun juda qadrli bo‘lib, talabalik yillari, ijodiy xayollari va kelajak o‘ylari sirdoshidir!
Toshkentning ko‘rki – «Navoiy» ko‘chasi ko‘plab ziyoli insonlar qadamini ko‘rgan, necha-necha taqdirlarni o‘z adabiy muhitida ulg‘aytirib, kamolotga yetaklagan. Bu ko‘chada quyosh boshqacha chiqadi, shamol o‘zgacha esadi... Bu ko‘chadan yurgan, bu ko‘chani sevgan odamlarning kayfiyati ham boshqalarnikiga sira o‘xshamas... Chunki, bu ko‘chada ajib fayz, salobat borki, bu albatta, Navoiy nomi bilan bog‘liqdir!
Bugun bu ko‘chada yangi adabiy avlod ildamlamoqda. Ulardan biri – bizning qahramonimiz!
Asqar Xolmo‘minov
O‘zbek Milliy Akademik drama teatri bosh rejissyori.
«Shuhrat» medali sohibi.
«Yangi O‘zbekiston yulduzlari» milliy mukofotining «Yilning eng yaxshi rejissyori» nominatsiyasi g‘olibi.
Uning debyuti – «Iskandar» (A.Navoiyning «Saddi Iskandariy» asari asosida Bahodir Bozorov inssenirovkasi) monospektakli(2012).
Yosh rejissyor o‘zining qaldirg‘och asaridan so‘ng, to bugunga qadar «Layli va Majnun», «Tong otgan taraflarda», «Tartyuf», «Kuzgi maktublar», «Keldi-yu, ketdi», «Jaloliddin Manguberdi», «O‘zgalar dardi», «Urush odamlari» kabi spektakllarni sahnalashtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter