O‘sh viloyatida o‘quvchilar atirdan zaharlandi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi 101-maktabda 18 nafar 6-sinf o‘quvchisi atirdan zaharlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilardan biri boshqasidan atirni olib, bezorilik qilib uni sinfda sepgan. Sinfda 43 nafar o‘quvchi bo‘lgan. Ularning aksariyati uylariga jo‘natilgan, chunki tekshiruvda ularning sog‘lig‘i qoniqarli ekani aniqlangan.
Kasalxonaga yotqizilgan 18 nafar bolaning ahvoli ham o‘nglanib, ulardan 13 nafari bugun uyga chiqariladi. Besh nafar maktab o‘quvchisi yana ikki kun shifokorlar nazoratida bo‘ladi.
Hozirda zaharlanish sababini aniqlash uchun tekshiruvlar belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter