Ortiqxo‘jayev mahallalar uchun 9 mlrd. ajratdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 7 aprel kuni «Obod mahalla» jamg‘armasiga qariyb 9 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish haqidagi qarorni imzolagan.
1 aprel kuni imzolangan hokim qarorida (VI-59-75-14-0-K/22-sonli) «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlar uchun loyiha smeta qilinib, 9 315,0 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgandi. Hokimning bugungi qarori bilan ushbu malag‘dan 8,9 mlrd. so‘m qismi «Obod mahalla» jamg‘armasiga taqsimlangan.
Qaror ilovasida Toshkentdagi ta’mirlanadigan va obodonlashtiriladigan mahallalar, maktab va bog‘chalar ro‘yxati o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter