San’atkor Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi vakili Abdujabbor Po‘latov xabar
berdi.
Urgutlik kulgi va so‘z ustasi 1992 yilda Toshkent davlat san’at institutining teatr va kino yo‘nalishini tamomlagan.
O.Sultonov san’atshunoslik fanlari nomzodi. U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanali, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali rejissyori bo‘lib ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter