Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qiziqchi Ortiq Sultonov Dehqonoboddagi kaliyli zavod shaxtasiga bordi (foto)

Qiziqchi Ortiq Sultonov Dehqonoboddagi kaliyli zavod shaxtasiga bordi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Taniqli qiziqchi Ortiq Sultonov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi kaliy zavodiga kelib, ishchilar bilan uchrashdi.

Xabar qilinishicha, so‘z ustasi zavodning 500 metr chuqurlikdagi shaxtasiga tushgan va u yerda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlashgan. Ularga turli latifalar aytib bergan.

«Men umrimda bunday joylarda bo‘lmaganman. Ba’zida biz o‘zimizni hayotda qiynalayotgandek his qilamiz, san’atdagi, ijoddagi qiyinchiliklardan noliymiz. Lekin bu ishchilarning mehnatiga qoyil qolish kerak. Kurashda «halol» degan tushuncha borku, mana shu ishchilarga qarab men ham «halol», deb baqirdim», — deydi Ortiq Sultonov.

Aytish kerakki, Dehqonobod kaliyli zavodi O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi va bu yerda ikki mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring