O‘quvchini urgan o‘qituvchi ishdan haydaldi
Rossiyaning Sochi shahrida dars vaqtida o‘quvchini urgan o‘qituvchi ishdan haydaldi, deya xabar bermoqda TASS mahalliy ma’muriyat ma’lumotiga asoslanib.
Sochi shahar hokimiyatiga ko‘ra, hodisa shahardagi 4-maktabda, tarix darsida sodir bo‘lgan. O‘quvchiga hech qanday tibbiy yordam kerak bo‘lmagan, o‘qituvchi uning ota-onasidan kechirim so‘ragan.
O‘qituvchi o‘sha vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilgani aytilmoqda. Avvalroq, o‘quvchi kaltaklangan video internetga chiqib ketgan va politsiya voqea ortidan surishtirish boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter