Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqqo‘rg‘on voqeasi. Aybdorlarga jiddiy chora ko‘riladi

Oqqo‘rg‘on voqeasi. Aybdorlarga jiddiy chora ko‘riladi

Xabar berganimizdek, bugun Oqqo‘rg‘on voqeasi ortidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari Zoyir Mirzayev o‘z vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Oqqo‘rg‘onda ro‘y bergan hodisalar ortidan Bosh vazir o‘rinbosarining ishdan olinayotgani O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida majburiy mehnatning barcha ko‘rinishiga qarshi kurashish hamda inson qadr-qimmati davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan darak bermoqda.

«Xabar.uz»ning hukumatdagi manbasiga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on voqeasi Prezidentga qadar yetib borgan. Aytilishicha, bundan keyin bu boradagi kurashda mansabdor shaxsning egallab turgan lavozimi va darajasidan qat’i nazar keskin kurash olib boriladi. Oqqo‘rg‘on voqeasi puxta o‘rganilib, voqeaga aloqador va aybdor shaxslar faqatgina lavozimidan bo‘shash bilangina kifoyalanmaydi. Ish jiddiy javobgarlikka qadar yetib borishi mumkin.

Bugungi o‘zgarishlarni O‘zbekiston hukumatining xalqaro mehnat normalari talablari doirasida, inson sha’ni, uning huquq va kafolatlarini tom ma’noda ta’minlash uchun amalga oshirayotgan amaliy harakatlarning namunasi sifatida e’tirof etish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring