Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vaziri: «O‘qituvchilarning jamoat ishlariga chiqishi majburiy emas, ixtiyoriy»

Xalq ta’limi vaziri: «O‘qituvchilarning jamoat ishlariga chiqishi majburiy emas, ixtiyoriy»

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 5-fevral kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilgani va unda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov hisobot bergani haqida ma’lum qilgan edik.

Matbuot anjumanida jurnalistlar ko‘plab og‘riqli muammolar yuzasidan vazirga murojaat qilishdi. Xususan, o‘qituvchilarning dars o‘tishdan boshqa ishlarga jalb qilinayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berildi:

— O‘qituvchi ziyoli, targ‘ibotchidir. U faqat darsga kirib, ta’lim berishi kerak emas. Pedagog o‘z mahallasining faoli bo‘lishi joiz. Mahalla ahli va faollari o‘rtasida jamiyatdagi islohotlarni targ‘ib qilsin. Kerak bo‘lsa, uyma-uy yurib, tushuntirishi lozim. Shunday fidoyi o‘qituvchilarimiz borligi uchun jamiyatda rivojlanish kuzatilyapti. Bu kabi ishlar majburiy emas, lekin o‘qituvchilarimiz o‘zining shijoati bilan ixtiyoriy amalga oshirishsa, biz faqat xursand bo‘lamiz, — dedi Xalq ta’limi vaziri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring