Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilarga avtokredit berish shartlari qanday?

O‘qituvchilarga avtokredit berish shartlari qanday?

«Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg‘arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar beriladi:

— kreditni berish muddati – 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;

— dastlabki badal summasi – sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;

— kredit uchun foiz stavkasi – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

«O‘zavtosanoat» AJ Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan pedagog xodimlar ro‘yxati asosida ular tomonidan tijorat banklari kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalarini ajratishi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring