Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar maoshidan 500 mingdan ushlab qolgan XTB xodimlari jazoga tortildi

O‘qituvchilar maoshidan 500 mingdan ushlab qolgan XTB xodimlari jazoga tortildi

Foto: «Xabar.uz»

«Kun.uz» saytida chop etilgan «O‘qituvchilar maoshidan 500 ming so‘mdan ushlab qolinmoqda» nomli maqola bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limida o‘rganish o‘tkazilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi 82 ta umumta’lim maktablarida ishlovchi 5154 nafar pedagog xodimlarning 3115 nafaridan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va boshqa kommunal to‘lovlar uchun noqonuniy ravishda roziligi olinmay, ish haqidan ushlab qolingan.

Mazkur holat bo‘yicha aybdor bo‘lgan Amudaryo tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirining o‘rinbosari R.Matkurbanov hamda Xalq ta’limi boshqarmasi Markazlashtirilgan moliya buxgalteriya xizmati bosh hisobchisi M.Qalandarovlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi bilan eng kam ish haqining besh baravari (1 013 650 so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mazkur huquqbuzarlik holati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2019 yil 8 fevral kuni qonunbuzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l quymaslik yuzasidan belgilangan tartibda taqdimnoma kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring