Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputatlikka nomzod blogerning qo‘li tishlab olingani aytilmoqda

Deputatlikka nomzod blogerning qo‘li tishlab olingani aytilmoqda

Foto: Safari telegram-kanali

Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi 426-saylov uchastkasida o‘qituvchi deputatlikka nomzodning qo‘lini tishlab olgani aytilmoqda. Bu haqda jabrlanuvchi sifatida Nozim Safarov o‘zining telegram-kanalida xabar qilib o‘tgan.

«O‘qituvchilardan ko‘nglim qoldi. Hammasidan emas.

Deputatlikka nomzodimni aslida yutishga umid qilmasdan qo‘ygandim. Men o‘yinlar bo‘lishini bilgandim. Lekin bunchalik emas.

Sharafsizlar o‘qituvchilarni total ekspluatatsiya qilib, xohlagan ishlarini qilishdi. Hatto shunchalikki o‘qituvchilardan biri qo‘limni tishlab oldi.

Saylov yakunida hammasi sanalganidan so‘ng protokolni to‘ldirish uchun alohida xonaga kirib ketishdi. Ichkaridan eshik qulflangan. Barcha kuzatuvchilar tashqarida. Ichkarida nima qilishdi bilmadimu lekin «Adolat»ga berilgan ovoz qog‘ozlari saylov jarayonida hammasidan kattaroq tog‘ni hosil qilgan edi.

Vakolatim doirasida protokolni kuzatuvchilar oldida to‘ldirishni so‘rab qulf eshikni taqillattim. Ijroning sharafsiz vakili total ekspluatatsiyasi qurbonlaridan biri, ziyoli o‘qituvchi qo‘limni tishlashgacha bordi. Men shunchaki protokolni qonun doirasida kuzatuvchilar ko‘z o‘ngida to‘ldirishni so‘ragan edim.

O‘qituvchilardan ham sharafsizlardan ham ko‘nglim maksimum qoldi. Shu deputatlik sizlarning odamlaringizga nasib qilaversin. Pishirib yenglar. Sizlarga «podarka» shu. Men bu tizimdan qo‘limni yuvdim.

Bu yaxshi tajriba. Romantika va yolg‘on illyuziyalarga berilishdan cheklaydi. Hammaga raxmat. Ayniqsa Sergeli tuman hokimiga. Hamma o‘yin tuman kengashi uchun bo‘ldi. Yagona savolim:

Baxtiyor Abduvoxidovich, tunlari qanday uxlaysiz?» — deya yozadi Nozim Safarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring