Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

Foto: Sof.uz

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

- davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Boshqa hollarda bir davlat OTMdan boshqasiga (hududidan qat’i nazar) o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Xorijdan va O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirishda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan.

Oldinroq qabul kvotalari va hujjatlarni qabul qilish sanalari bo‘yicha xabar bergandik. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring