Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga! 

O‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga! 

Rasman my.gov.uz portalida «OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish»  xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Yagona portal rasmiy telegramm sahifasida ma’lum qilindi.

2023-2024-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hoziroq my.gov.uz portali orqali oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin. 

Arizani ko‘rib chiqishda turli imtiyozlar va ustuvorliklar hisobga olinadi. Ushbu ro‘yxat bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishasiz.

Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lmagan talabalarga maxsus navbat raqami beriladi. Yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, mazkur raqam asosida turar joy uchun yo‘llanma taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida ushbu xizmatdan faqat 1-bosqich talabalari, keyingi o‘quv yilidan esa barcha talabalar foydalanishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring