«O‘qishga kiritib qo‘yaman!» – fuqarolarni aldaganlar ushlandi
O‘qishni ko‘chirib berish hamda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator firibgarlik holatlari fosh etildi.
Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.Yu. fuqaro I.K.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini tanishlari orqali O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan 3 000 AQSh dollarini olganligi aniqlangan.
Departamentning Buxoro viloyati Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.T. fuqaro N.A.ning qizini tanishlari orqali qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 250 AQSh dollarini hamda fuqaro A.B.ni Qozog‘iston Respublikasi universitetidagi o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirib berishini aytib 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlini aniqlangan.
Departamentning Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.T. fuqaro Z.A.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qo‘qon Tibbiyot kollejiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter