Ayanchli qotillik: er ayoli va bolasini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida ayanchli hodisa sodir bo‘ldi. Tumanning «Galaravot» mahallasida besh oylik go‘dak va uning onasining jasadi topildi. Bu haqda Zamon dasturida hikoya qilinadi.
Biroz o‘tib oila boshlig‘i bo‘lgan erkakning murdasi ham osilgan holda aniqlangan.
Hodisaga guvoh bo‘lgan mahalla raisi Ixtiyor Rahmonqulovning aytishicha, ushbu oila namunali oilalardan biri bo‘lgan. Ota nega o‘z farzandi va ayolini o‘ldirgani noma’lumligicha qolmoqda, deyiladi dasturda.
Dastlabki tezkor ma’lumotlar hamda guvohlarning ko‘rsatuvlariga ko‘ra, A.A. turmush o‘rtog‘i M.A. bilan oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni qaychi bilan bo‘yin sohasiga 2 marta urib o‘ldirgan. So‘ngra beshikda yotgan 5 oylik farzandi P.M.ni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Keyin o‘zini o‘zi osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi «a» va «v» bandi bilan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter