Oq formaga qora chiziqlar: maktablarda yangi «moda»
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab bitiruvchilari bir-birining kiyimlariga ruchka va bo‘yoqlar bilan yozib-chizgani aks etgan suratlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bir holatda Andijondagi maktablardan biri tasvirlangan. Unda o‘quvchilar maktab formalariga ruchka bilan har xil yozuvlar va rasmlar yozib chiqqan.
Aytilishicha, o‘quvchilarga o‘qituvchilar ham qo‘shilib, ularni qo‘llagan, birga yozib-chizgan. Bunday holat Toshkent shahrida ham kuzatilgani aytilgan.
Ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi holatga munosabat bildirganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter