Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oppo RealMe 1» — barcha asosiy funksiyalarga ega 130 dollarlik smartfon

«Oppo RealMe 1» — barcha asosiy funksiyalarga ega 130 dollarlik smartfon

Foto: «4PDA»

Xitoyning «OPPO» kompaniyasi Hindistonda «RealMe 1» smartfonini taqdim etdi. Apparat xuddi «Xiaomi» kompaniyasining «Redmi» modellari kabi hamyonbop narxlarda sotuvga chiqadi, deb xabar berdi «4PDA».

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, yangi smartfon arzon narx evaziga ajoyib dizayn va keng turdagi imkoniyatlarni taqdim etadi.

«RealMe 1» o‘zining orqa qopqog‘ining noodatiyligi bilan boshqa smartfonlardan ajralib turadi — u qimmatbaho toshlardan iborat korpus shaklida ishlangan. Smartfon ko‘k va qizil ranglarda ishlab chiqariladi. Uning o‘lchamlari 156,5 x 75,2 x 7,8 millimetrlarni tashkil etadi, og‘irligi esa 155 grammga teng.

Smarfonning old tomonidan 2160x1080 pikselga ega 6 dyuymli displey o‘rin olgan. Qurilma «yuragi»ni «Mediatek Helio P60» sakkiz yadroli protsessori tashkil etadi. Tezkor xotirasi 3, 4 yoki 6 gigabaytli, ichki xotirasi esa tegishli ravishda — 32, 64 yoki 128 gigabaytga teng bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi 3410 mA/soat. Asosiy kamerasi 13 megapiksellga, frontal kamera — 8 megapiksellga teng.

Smartfon «Android 8.1 Oreo» operatsion tizimida ishlaydi.

«RealMe 1» 25 maydan boshlab sotuvga chiqadi:

  • Tezkor xotirasi 3 gigbayt + 32 gigabayt ichki xotira — 130 dollar;
  • Tezkor xotirasi 4 gigbayt + 64 gigabayt ichki xotira — 161 dollar;
  • Tezkor xotirasi 6 gigbayt + 128 gigabayt ichki xotira — 206 dollar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring