Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘n million beradi?.. Mana beradi!..» — prokuratura «hamshiralar suhbati» yuzasidan tekshiruv boshladi

«O‘n million beradi?.. Mana beradi!..» — prokuratura «hamshiralar suhbati» yuzasidan tekshiruv boshladi

Skrinshot

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «hamshiralar suhbati» bo‘yicha prokuratura tekshiruv boshladi. Bu haqda «Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tibbiyot hamshiralarining o‘zaro muloqoti aks etgan videoda xodimlar ishlagan kunlari uchun va’da qilingan pullar berilmayotganidan norozi ekanini ilg‘ash qiyin emas. Ancha asabiy kechgan suhbatda mutasaddilar va’dani katta qilib, vafoni paysalga solayotganidan ularda ishonch qolmagani ham bilinadi. Shundanmi, hamshiralardan biri: «O‘n million beradi?.. Mana beradi!..» mazmunida gapirsa, uning oldidagi erkak «Davlat bergan kombinezonni (himoya kiyimlari) berishmayapti-yu, pul berarmidi?!», deydi hafsalasi pir bo‘lib.

Hozircha mazkur suhbat Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi huzuridagi tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari o‘rtasida kechgani ma’lum. Suhbatda aytilgan gaplarga qo‘shib, tibbiyot birlashmasidagi mavjud holatlarga oydinlik kirtish uchun tuman prokuraturasi tomonidan mansabdor shaxslarning harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Natijasi tez orada ma’lum bo‘ladi, nasib...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring