O‘n yetti yashar qizning «sirli so‘zlashuv»larini tarqatmoqchi bo‘lgan o‘spirin ushlandi
Shu yilning 30-avgust kuni Namangan shahrida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan qiz IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qizning tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan bola u bilan tanishib, Telegram ijtimoiy tarmoqlarida sir saqlanishi lozim bo‘lgan so‘zlashuvlar va videoyozuvlarni tarqatib yuborishini aytib, uni qo‘rqitib, undan 150.000 so‘m va 200 AQSh dollarini talab qilgan.
Mazkur ariza yuzasidan Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bola qizddan 200 AQSh dollari olgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 1-sentyabr kuni O‘z.R.JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter