Ombudsman Farg‘onadagi IIB binosida vafot etgan 15 yoshli o‘smir voqeasini o‘rgandi
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova Farg‘ona viloyati Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati hamkorligida Qo‘qon shahridagi IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining faoliyatini o‘rgandi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, monitoring davomida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning sog‘lom ovqatlanishi, ta’lim olishi, yotoq joylari, ularning sport bilan shug‘ullanishlari va boshqa holatlar o‘rganilgan. Bundan tashqari, Bolalar ombudsmani markazda vaqtincha saqlanayotgan bolalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazgan, ularning ijtimoiy ahvoli, markazga kelib tushish sabablari bilan qiziqqan.
Bundan tashqari, Bolalar Ombudsmani markazda vaqtincha saqlanayotgan bolalar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazdi, ularning ijtimoiy ahvoli, Markazga kelib tushish sabablarini o‘rgangan.
Shuningdek, Vakil Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi Voyaga yetmaganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish markazida joriy yilning 17 oktyabr kuniga qadar saqlangan, Uchko‘prik tumani “Sulton” mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan marhum 9-sinf o‘quvchisi A.R.ning xonadonida bo‘lib, bolaning onasi va yaqin qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. Vakil bo‘lib o‘tgan voqea nazoratga olinganligini va bolaning vafotida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan qonuniy jazo berilishini ta’kidlangan.
Avvalroq, Bosh prokuratura Farg‘ona IIBda 15 yoshli bolaning o‘limi bilan bog‘liq tergov ishi nazoratga olinganini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter