Omborchining kirdikorlari: 819,5 mln so‘mlik talon-toroj fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Aytilishicha, «E.» xususiy korxonasi savdo menejeri va omborchisi vazifasida ishlagan J.F. o‘ziga ishonib topshirilgan 819,5 mln so‘mlik qurilish materiallarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter