Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OLX-da ishlatilgan smartfonni qanday tanlash mumkin

OLX-da ishlatilgan smartfonni qanday tanlash mumkin

O‘rta budjetli smartfonni yoki kechagi flagmani arzon narxda sotib olish juda o‘rinli qaror, bunday gadjetlar uzoq umr ko‘rishadi va ular uzoq vaqt dolzarbligini yo‘qotmaydi. Foydalanilgan smartfonni qanday  sotib olish va  xaridingizdan zavqlanish uchun o‘zingizni zarur bilim va axborot bilan qurollantirishingiz lozim. Shunda xaridingiz sizga bir kun emas balki yanada ko‘proq vaqt davomida sadoqat ila xizmat qilishiga muvaffaq bo‘ladi.

  • Sotib olishga tayyorgarlik

Model haqida qaror qabul qiling.

Uning xususiyatlari va kamchiliklarini o‘rganing (batareyaning qanday ishlashi, ekranning sifati qanday va boshqalar). Sizning smartfoningizda bo‘lishi kerak bo‘lgan to‘liq to‘plam, majburiy aksessuarlar va chiqarilgan yili haqida hamma narsani bilib oling: agar smartfon besh yoshdan oshgan bo‘lsa, u axloqiy jihatdan eskirgan hisoblanib sizga yaxshigina savdolashish imkonini beradi. 

Odatda ishlatilgan model narxi do‘kondagi analog narhidan 30-50% past bo‘lishi mumkin.

Ishlatilgan smartfonni sotib olayotganda, esda tuting: sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin uni oldindan ko‘rishingiz kerak.  Shuning uchun biz sizga smartfonning haqiqiy fotosuratini o‘z ichiga oladigan e’lonlarga e’tibor berishingizni tavsiya kilamiz.

  • Birinchi tekshiruv

Odatda: sizga markali va asl qutisidagi smartfon kerak.

  • Qutining asl ekanligiga qanday ishonch hosil qilish mumkin? Qutidagi IMEI-ni toping – har bir smartfonga tayinlangan asl raqam. Smartfon qutisidagi ma’lumotlarni displeydagi ma’lumotlar bilan *#06#  terish orqali solishtiring. Esingizda bo‘lsin: har bir telefonning o‘z IMEI mavjud. Telefonning O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish uchun ushbu IMEI kodini uzimei.uz veb-saytiga kiriting.

Smartfon bilan birga zaryadlovchisi asl ekanligini tekshiring (agar to‘plam to‘liq bo‘lmasa tortinmasdan chegirma talab qilishingiz mumkin).

  • Hammasi joyida? Keyingi qadam: korpus va ekran

Korpusda defektlar bormi, yo‘qmi diqqat bilan o‘rganib chiqing.  Korpusdagi chiziqlar va o‘yindilar smartfonning qattiq lat yeganidan darak beradi, buning natijasida smartfon to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.  Ammo biz kichik chiziqlarni hisobga olmaymiz, axir bizning smartfonimiz avval ishlatilgan. Agar gadjet suvga tushgan bo‘lsa, ular oksidlanadi va har doim ham bu izlarini yashirish mumkin emas.

Zaryadlash portini va quloqchin uyasini ko‘rib chiqing.

Tugmalar bosimga qanday javob berishini tekshiring, ular to‘g‘ri ishlayaptimi? Biz ovozni boshqarish, kamerani ishga tushirish va boshqa muhim funksiyalar haqida gapirayapmiz.

Endi ekran – u smartfonning eng qimmat qismidir. Ekranda himoya plyonkasi yoki oyna bormi? Olib tashlashni so‘rang: sotuvchilar ko‘pincha displey nuqsonlarini shu tarzda yashirishga harakat qilishadi. 

Buzilgan piksellar ekrandagi kichik nuqtalar bo‘lib, ular rangini o‘zgartira olmaydi va ba’zi foydalanuvchilarni juda bezovta qiladilar.

Kichik piksellar to‘planib dog‘ga aylanishi mumkin. Ularni ekranning oq fonida ko‘rish mumkin.

Kameraning ishlashini tekshiramiz

Ketma-ket bir necha suratga olish orqali avtofokus ishlashini sinab ko‘ring. Oq qog‘ozni yoki biror ochiq rangli fonni suratga oling. Ochiq rangli kadrla dog‘ hosil buldimi? Bu muammoni faqat servisda bartaraf etish mumkin. Videoga oling - tomosha qiling va tinglang. Standart sozlamalardan emas, balki maksimal o‘lchamlardan foydalaning. Agar kamera soz bo‘lsa keyingi qadamga o‘tishingiz mumkin.

  • Smartfonni joyida sinovdan o‘tkazamiz.

Uchrashuvga power-bankni olib boring yoki yaqin atrofdagi rozetkani toping va zaryadlovchi ulanganda zaryadlovchi uyasini va smartfonni o‘zini qanday tutishini tekshiring.

  • WI-FI-ni tekshiring - qamrov zonasiga kirib ulanishga erinmang. Bluetooth bilan quloqchinga ulang va ularni sinab ko‘ring: ovoz kesilmasligi va mukammal bo‘lib qolishi kerak.
    Aloqa sifati. Ikkala yo‘nalishda ham aloqa sifatini va eshitish darajasini tekshiring. Sim kartangizni smartfoningizga joylashtiring, do‘stingizga qo‘ng‘iroq qiling va u sizni har xil tovush darajalarida qanday eshitayotganini bilib oling. Signal ko‘rsatkichlarini barqarorligini tekshiring. Yaqinlik sensorini tekshiring: siz gaplashayotganda ekran o‘chib qolishi kerak, telefonni qulog‘ingizga keltiring. Agar sizning smartfoningizda ikkita Sim-karta bo‘lsa, ikkala uyani tekshiring.

Smartfon karnaylari tovushini tekshiring: sozlamalarga o‘ting va qurilmaning ovoz balandligini qo‘ng‘iroq ohanglari va tebranish tovushlarini tekshiring.

Boshqa muhim sinovlar

Smartfoningizda barmoq izi sensori bormi? Uni albatta tekshiring: barmoq izingizni qo‘shing va bir necha bor qulfni ochib ko‘ring va tezligini sinang.

Avvalgi sohibining Google yoki Apple akkuantlari bilan bog‘liq qaydlar smartfonda qolgan-qolmaganligini tekshirish tavsiya etiladi. Kam hollarda bunday holatlar ham uchrab turadi.

  • Faqat ilg‘or foydalanuvchilar uchun!

Agar siz telefon ilovasida xizmat menyusini ishga tushirish uchun maxsus kodni tersangiz (“xizmat menyusiga kirish kodi+smartfon modeli” bo‘yicha google-ga tering), yuqoridagi barcha funksiyalarning ishlashini tekshirishingiz mumkin.

Samsung uchun: *#*#8255#*#* yoki *#*#4636#*#*

Xiaomi uchun: *#*#6484#*#*

Apple uchun: 3001#12345#

Endi siz muammo emas balki quvonch keltiradigan ishlatilgan smartfon xarid qilish ssenaryasini bilasiz. Pulingizni behuda sarflamang, bizning maslahatlarimizga amal qiling va OLX – mamlakatdagi elektron gadjetlarni sotib olish va sotish bo‘yicha yetakchi xizmatlar platformiga xush kelibsiz.

Reklama

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring