Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin tanga narxi yana 200 mingga qimmatladi

Oltin tanga narxi yana 200 mingga qimmatladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2-yanvardan boshlab tilla va kumush tangalarning yangi narxini e’lon qildi. 

Tangalar sotuvga chiqarilganidan buyon dastlabki ikki haftada uning bahosi 100 ming so‘mdan qimmatlagandi

Uchinchi haftada esa oltin tanganing ham, kumush tanga narxi ham oshmadi.

Ammo o‘tgan haftada oltin tanga biryo‘la 200 ming so‘mga, kumush tanga narxi esa 1000 so‘mga oshgandi.

Belgilangan yangi narxga ko‘ra, 2-yanvardan boshlab oltin tanga yana 200 ming so‘mga, kumush tanga esa 13000 so‘mga qimmatladi.

Shu tarzda, 1 oltin tanga – 13,3 mln so‘m, 1 kumush tanga – 257 ming so‘m miqdorida baholanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring