Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin Humo-2023» milliy kinotaqdimotida «eng yaxshilar» taqdirlandi

«Oltin Humo-2023» milliy kinotaqdimotida «eng yaxshilar» taqdirlandi

Kecha, 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida «Oltin Humo» milliy kinotaqdimotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchanovlar o‘z nutqi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston xalq artisti Mukambar Rahimovani o‘zbek kinosiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirladi.

Bundan tashqari Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov va Xitoyning «Jinsanqi» madaniy kompaniyasi rahbari Syao Szinsyansi o‘rtasida Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan «Bir makon - bir yo‘l» Samarqand xalqaro kinofestivalini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi. Xitoylik investor Samarqandda o‘tkaziladigan festival haqida ma’lumot berdi.

«O‘zAvto» bosh homiyligida tashkil etilgan kinotaqdimotda «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasida «Doktor Abdullayev» filmidagi ijrosi uchun Rustam Karimov, «Eng yaxshi ayol roli»da esa «Sudya» filmidagi ijrosi uchun Shodiya Abduqodirova taqdirlandi. Shokir Xoliqov rejissyorligidagi «Yakshanba» filmi «Eng yaxshi ssenariy ishi» va «Eng yaxshi rejissyor ishi» nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi. «Eng yaxshi film» esa «O‘zbek qizi» kinokartinasi deb topildi. Bundan tashqari, kinoijodkorlar yana bir qancha nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi.

Sovrinlar Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, «Qozoqfilm» direktori Azamat Satibaldi, «Lendok» hujjatli filmlar kinostudiyasi rahbari Aleksey Telnov, «Turksoy» tashkiloti matbuot kotibi Selim Ezer kabi xorijlik mehmonlar hamda Afzal Rafiqov, Tesha Mo‘minov, Ra’no Zokirova, Ra’no Shodiyeva kabi mashhur aktyor va aktrisalar ishtirokida topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring