To‘rt karra «Oskar» sohibi hozirgi kinochilikni tanqid qildi

To‘rt karra «Oskar» sohibi Klint Istvud Amerika kinosining bugungi ahvolini tanqid qildi.
U mualliflar va studiyalarni eski loyihalarni «qayta ishlash»ni bas qilib, original syujetlarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.
Buyuk aktyor va rejissyor ssenariylar «kichik studiya bungalolarida» yozilgan va har bir loyiha yangi g‘oyaga qurilgan eski davrlarni qo‘msashini aytdi.
«Hozir deyarli hamma remeyk va franshizalarga o‘ralashib qolgan. To‘g‘ri, bir paytlar o‘zim ham shu ish bilan shug‘ullanganman, ammo bunga ancha bo‘ldi, endi qiziqmas», — dedi u.
Klint Estvud 95 yoshda, shunga qaramasdan, kinodan ketish rejasida yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter