Olti nafar bola kuchuk tishlashi oqibatida halok bo‘ldi
Hindistonda kuchuk tishlashi oqibatida olti bola halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.
Politsiya xodimi Anand Kulkarnining aytishicha, Uttar-Pradesh shtati Sitapur hududida shu haftaning o‘zida 6 ta bola kuchuk tishlashi tufayli halok bo‘lgan, o‘nlab bola esa jarohatlangan.
Bolalar mango to‘plash uchun boqqa borganida kuchuk hujumiga uchragan. Ayrimlari esa tashqariga chiqqanda ularga kuchuk hujum qilgan.
Halok bo‘lgan va jarohatlangan bolalar 5–12 yoshda bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter