Olmazor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
Bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini tavsiya etdi.
A.Umarxonov 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan.
2020-yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Deputatlar hokim lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi hokim Abdumajid Mullajonov shu yilning iyul oyida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter