Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi
Bugun, 17 sentyabr kuni soat 18:07da Toshkent shahar Olmazor tumani Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi hududida 4 ta rezervuarda neft mahsuloti yongani xabar qilingandi.
FVV bergan qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:55 da o‘rab olingan va soat 18:58 da o‘chirilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta ko‘pik xosil qiluvchi avtomobil, 2 ta avtonarvonlar jalb etilgan.
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter