Olmaliqda ikkita oltin koni ochiladi
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Investitsiya departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Kamoliddin Salimovning aytishicha, tarkibi oltinga boy rudalarni qazib olish bo‘yicha ikkita investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.
Birinchisi, Qizil olma koni bazasidagi «Samarchuk» yer osti koni. Qiymati 71,5 million AQSh dollarilik bu loyiha 2023 yilda ishga tushiriladi va yiliga 100 ming tonna ruda qazib olinadi.
Ikkinchisi, «Mejdureche» yer osti koni bo‘lib, u 2025 yilda ochilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu kon yiliga 120 ming tonna ruda olish, Angren shahridagi ish o‘rinlarini to‘liq saqlab qolish imkonini berishi aytilmoqda.
Shu kabi loyihalar tufayli Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va nodir metallar ishlab chiqarilishi 2 barobarga oshar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter