Olmaliq «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish bo‘yicha 415 mln dollarlik 593 ta kon texnikasi xarid qilingan
Kecha, 6 dekabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida «Olmaliq KMK» AJ Investitsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, «Olmaliq KMK» AJ «Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish» investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boyitish kompleksi direktori o‘rinbosari hamda «Olmaliq KMK» Axborot xizmati boshlig‘i ishtirok etdi.
Anjumanda ta’kidlanishicha, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida «Yoshlik I» konini o‘zlashtirish loyihasining birinchi bosqichi (2017-2025)da yiliga 65,0 mln tonna ma’dan qazib olinadigan kon (1,44 mlrd dollar), 60,0 mln tonna ma’danni qayta ishlovchi 3-Mis boyitish fabrikasi (2 mlrd dollar) va fabrika infratuzilmasini (1mlrd dollar) hamda 650 megavatt quvvatli tashqi elektr ta’minoti (170 mln dollar) quriladi.
Kuriyerni qurish bo‘yicha loyiha boshidan buyon 136,1 mln (yil boshidan 32,0 mln) kon yuzasini ochish ishlari bajarilgan. Ishlar 2 smenada tashkil etilib, 1743 nafar ichi-xodimlar va 400 ta texnika ishlamoqda. Bundan tashqari, 32,1 km temir yo‘l yotqizilgan.
Loyihani amalga oshirish uchun 415 mln dollarlik 593 ta kon texnikasi (23 ta burg‘ulash uskunasi, 29 ta ekskavator, 54 ta 130 tonnalik va 29 ta 220 tonnalik BelAZ samosvallari, 80 ta yo‘l qurish texnikasi, 12 ta aralashtirish-zaryadlash mashinalari), shuningdek 225 ta (50 mln dollar) temir yo‘l texnikasi xarid qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter