Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda "Yoshlik 1" konini o‘zlashtirish doirasida yangi temir yo‘l ishga tushdi

Olmaliqda

Bugun 9 sentyabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan amalga oshirilayotgan, megaloyiha deya, e’tirof etilayotgan «Yoshlik – 1» konini o‘zlashtirish investitsiya loyihasi doirasida «Razvyazka-Yoshlik» stansiyalarini bog‘lovchi ikki izli temir yo‘l qurilishi yakunlandi, Xabar.uz «Yoshlik – 1» stansiyasi ochilishida ishtirok etdi.

Mazkur inshoot topshirilishi natijasida Qalmoqqir konida kon ishlari hajmini tushirmagan holda «Yoshlik – 1» konining markaziy qismida  kon-kapital ishlarini rivojlantirish bo‘yicha front ochiladi va kon gorizontlarini kengaytirish imkoni yaratiladi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘i Qurbonov Bunyod To‘lqinovich «Yoshlik – I» stansiyasi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

«Yurtboshimizning 4731-qarorlari asosida «Yoshlik» stansiyasining qurilish ishlari joriy yilning yanvar oyida boshlangan edi. Jadval bo‘yicha bu temir yo‘lni dekabr oyida qurib bitkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan edik. Lekin mutaxassislarimizning sa’y-harakati tufayli bu temir yo‘lni muddatidan avval ishga tushirdik. Bu temir yo‘lni qurish jarayonida 400 ga yaqin ishchi qatnashdi. Bu stansiyamizda yangi bir tizim o‘rnatildi. Bu stansiya bizga vaqtdan yutish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari yuk tashish imkoniyatini 35-40 foizga oshiradi. Bu temir yo‘l Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishchi xodimlari tomonidan qurib bitkazildi»,

Loyihaga muvofiq 7,4 kilometr elektrlashtirilgan temir yo‘llar, 9 komplekt strelkali o‘tkazgichlar qurildi. Yangi markazlashtirilgan mikroprotsessor va poyezd g‘ildiraklari o‘qlarini elektron hisoblash tizimi (MPS I ESSO) uskunalari o‘rnatildi. Ob’yekt qurilishiga jami 51,2 mlrd. so‘mlik mablag‘ sarflandi.

Ushbu ob’yektning yana bir muhim jihati, Qalmoqqir konining ustki qatlam jinslarini  tashlanmalar zaxira koniga tashish masofasi - 2,9 kmga qisqaradi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha ravishda yiliga 1 mln 200 ming metr kub (Qalmoqqir konidan 500 ming metr kub. «Yoshlik – 1» konidan 700 ming metr kub) ustki qatlam jinsini tashishga imkon yaratadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 martdagi  PQ–2807-sonli hamda «Olmaliq KMK» AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2020 yil 26 maydagi PQ–4731-son qarorlariga muvofiq mazkur loyihani amalga oshirish natijasida:

I-bosqich – 2021-2025 yillarda 290 ming tonna mis katodi, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush;

II-bosqich – 2024-2028 yillarda 400 ming tonna mis katodi, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush metallari ishlab chiqarishga erishiladi.

Eng muhimi 6 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring