Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Olmaliq KMK» raqamli boshqaruvga o‘tmoqda. Sabab?

«Olmaliq KMK» raqamli boshqaruvga o‘tmoqda. Sabab?

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Milliy matbuot markazida «Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Raqamli OKMK» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda «Olmaliq KMK» AJ boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Umida Qarshiboyeva, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Maksumov, Boshqaruv raisining transport va logistika bo‘yicha o‘rinbosari Rustambek Sanaqulovlar so‘zga chiqib, qilingan ishlar, bugungi ko‘rsatkichlar, kelgusidagi rejalar haqida gapirishdi.

Qayd etilishicha, «Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyati yurtimizda rangli metallurgiya sanoatining bayroqdori hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ulkan hajmi tufayli endilikda korxona xom-ashyolar, texnologiya, xodim (kadr)larga bo‘lgan yangicha talab hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida iqtisodiyotni raqamli boshqarish va barcha biznes-jarayonlarni axborotlashtirish orqali nazorat qilishga bosqichma-bosqich o‘tmoqda.

Jumladan, birgina AKT xodimlarining shtat bo‘yicha soni 305 nafarni tashkil qilishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi xizmatlar ixtiyorida 2700 dan ziyod kompyuter, 1300 dan ortiq tashkiliy texnikalar, 1100 nafar korporativ pochta foydalanuvchilari,  62ta server, 37ta axborot tizimlari, rusurslar va IT servislar, magistral aloqa liniyalari, ichki idoraviy ATS va boshqa tizimlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, «Olmaliq KMK» AJ mas’ullari mazkur tadbirlar qog‘ozbozlikdan raqamli tizimga o‘tishning ustunlik jihatlari haqida gapirib, bu orqali barcha biznes-jarayonlarni elektron ko‘rinishda qayd etish, ularning o‘zgartirilmasligi, ma’lumotlarning yuqori ishonchlilikda saqlanishi va chuqur tahlil etilishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarishning raqamli transformatsiyasi raqobatbardoshlikni oshirishi va uzoq muddatli istiqbolni belgilashiga ishonch bildirildi.

Tadbir yakunida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Bu haqda keyinroq batafsil to‘xtalamiz…  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring