Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudning sobiq xodimi qotilligida ayblanayotganlarga nisbatan ertaga hukm o‘qiladi

Oliy sudning sobiq xodimi qotilligida ayblanayotganlarga nisbatan ertaga hukm o‘qiladi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Shu yilning 8-avgust kuni Qibray tumanida sayohat jomadonidan qotillik alomatlari bilan inson murdasi topilgani, marhum Oliy sudning sobiq xodimi ekanligiga oid xabar berilgandi. Ko‘p o‘tmay Bosh prokuratura matbuot xizmati voqelik yuzasidan rasmiy  bayonot berib, holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi)  alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov davomida 2 nafar shaxs ushlanib, ularga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganini ma’lum qilgandi.

JIB (jinoyat ishlari bo‘yicha) Toshkent shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni poyoniga yetib qoldi.

Oliy sud matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ertaga - 11-dekabr kuni soat 11.00 da  katta ehtimol bilan hukm o‘qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring