Oliy sud Otabek Sattoriy bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud jarayonida bloger O. Sattoriy (1980-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishi kassatsiya tartibida berilgan shikoyat asosida ko‘rib chiqildi.
Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining 2021-yil 10-maydagi hukmi hamda Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2021-yil 15-iyuldagi ajrimi o‘zgarishsiz, shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, bloger Otabek Sattoriy 2021-yil yanvar oyida ilk bor qo‘lga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter