Bloger Otabek Sattoriyga qo‘llangan jazo turi yengiliga almashtirildi
Bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibdagi koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi. Bu haqda «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov yozyapti.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 10-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida Otabek Sattoriyni 6 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Shuningdek, O. Sattoriyga nisbatan chiqarilgan birinchi instansiya sudining hukmi, keyinchalik 2021-yil 15-iyuldagi Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasi tomonidan ham o‘zgarishsiz qoldirilgan edi.
Ma’lumot uchun, mahkum manzil koloniyaga dastlab berilgan umumiy jazo muddatining ma’lum qismini o‘tab bo‘lganidan so‘ng, Jinoyat protsessual kodeksiga muvofiq sud hukmi bilan chiqadi. Manzil koloniyada mahkum JIEMga nisbatan erkinroq, ammo nazorat ostida harakatlanishi, fuqaro kiyimida yurishi hamda ayrim qimmatli (pul, telefon) buyumlarni tasarruf etishi mumkin.
Manzil koloniyada ham ma’lum muddat bo‘lganidan so‘ng mahkum JPKning tegishli moddalariga ko‘ra, oylik daromadining ma’lum qismini davlat hisobiga ushlab qolish hamda nazorat ostida bo‘lish sharti bilan uyiga qo‘yib yuboriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter