Senat raisining vakolatlari oshirildi
O‘zbekiston prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilingan.
Hujjatda yozilishicha, «1) 14-modda(Senat raisi vakolatlariga oid)ning birinchi qismi:
13-bandidagi «senatorlar va Senat devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi» degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 131 va 132-bandlar bilan to‘ldirilsin:
«131) Senatning xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
132) Senatga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi»;
2) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Senat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu budjetda alohida satrda nazarda tutiladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter