Olimpiada qatnashchilarini kutib olish marosimi sabab qator ko‘chalar yopiladi
«Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9-avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi.
Shu sababli, 2021-yil 9-avgust kuni soat 21:00 dan soat 23:00 ga qadar:
- Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro ayeroportidan Qumariq ko‘chasiga chiqishdan boshlab Qumariq ko‘chasi bo‘ylab Bobur ko‘chasi kesishmasigacha;
- Qumariq va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasigacha;
- Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Nukus va Oybek ko‘chalari kesishmasigacha;
- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Oybek hamda Afrosiyob ko‘chalari bo‘ylab Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasigacha;
- Afrosiyob va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasigacha;
- Alisher Navoiy va Amir Temur ko‘chalari kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasigacha;
- Amir Temur va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasigacha;
- Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasidan Botir Zokirov ko‘chasi bo‘ylab ushbu ko‘chada joylashgan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter