«O‘limlar shtati» o‘lim jazosini bekor qildi
Virjiniya AQShdagi o‘lim jazosi bekor qilingan ilk janubiy shtatga aylandi. Tegishli qonunga gubernator Ralf Nortem imzo chekkani haqida BBC xabar berdi.
Gubernatorning bayonot berishicha, o‘lim jazosining bekor qilinishi irqiy tengsizlik tarixiga ega «o‘lim mashinasi»ni to‘xtatadi.
Ma’lumot o‘rnida keltirish kerakki, Virjiniya AQSh shtatlari orasida o‘lim jazolari ijro etilishi ko‘pligi borasida yetakchi bo‘lib kelgan.
AQShning 27 shtatida o‘lim jazosi hanuz saqlanib qolmoqda, ularning ayrimlarida o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy mavjud.
Yuqoridagi qonunga imzo chekarkan, Nortem AQShda XX-asrda qatl etilgan 377 kishidan 296 nafari qora tanlilar bo‘lganini alohida tilga oldi. Ushbu shtatda o‘limga hukm qilingan oxirgi ikki kishi (ikkisi ham afroamerikalik) endi bir umrga, muddatidan avval ozod etilish huquqisiz, qamaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter