Olimlar qutbchilarning miyasi kichrayganini aniqlashdi
Bir guruh nemis olimlari uzoq vaqt qutb ekspeditsiyasida ishtirok etgan tadqiqotchilarning miyasi sezilarli kichrayganini aniqlashdi. Olimlar o‘zlarining tadqiqot natijalarini «The New England Journal of Medicine» jurnalida chop etishdi. Bu haqda «Regnum» xabar bergan.
Ilgari surilgan farazni tasdiqlash uchun Berlindagi Maks Plank inson taraqqiyoti instituti tadqiqotchilari tajriba o‘tkazishdi: ular Antarktidaga ekspeditsiya qilishni rejalashtirayotgan 9 nafar kishining miya hajmini o‘lchashdi. 14 oydan so‘ng ekspeditsiya ishtirokchilari qaytgandan so‘ng ularning miyasini yana o‘lchashdi.
— 8 nafar ekspeditsiya ishtirokchisining miyasi 14 oy izolyasiyadan so‘ng tekshirilganda gippokampus tishli girusi hajmi kichraygani ma’lum bo‘ldi. Bunga miyaga uzoq vaqt ijtimoiy va ekologik deprivatsiya ta’siri sabab bo‘lgan, — deya izohladi olimlar.
Ta’kidlanishicha, girus hajmining kichrayishi 7,2 foizni tashkil etgan. Bu makonda diqqat va mo‘ljal olish testlarida ball pasayishiga olib kelgan. Lekin boshqa qobiliyatlarga ta’sir qilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter