Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar odam vujudida yana bir miya borligini aniqlashdi

Olimlar odam vujudida yana bir miya borligini aniqlashdi

Foto:«Andraktiv.com»

Olimlar odam vujudida yana bir miya borligini aniqlashdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, enteral asab tizimi oshqozon-ichak tizimi faoliyatini tartibga soluvchi millionlab neyronlarga ega.

Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari odam tanasidagi ichaklarda ikkinchi miya borligini aytishmoqda.

Olimlarning fikricha, enteral asab tizimida oshqozon-ichak trakti faoliyatini boshqaradigan millionlab neyronlar mavjud. Bu tizimning markaziy asab tizimiga umuman aloqasi yo‘q.

«Bu o‘z holicha bir miya», – deya ta’kidlaydi professor Nik Spenser.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, birinchi miya aslida – shu.

Ichak tanaga soqchilik qiladi. Uning tashxisi yo‘q, lekin ichaklar kasallanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda dunyoning 90 foiz aholisi ovqat hazm qilish tizimining turli kasalliklaridan aziyat chekmoqda. Oshqozon va ichak yallig‘lanishidan har 10000 kishidan 200 kishi azoblanadi.

Bugungi kunda kasalliklar yosharib borayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring