Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar nonushtaga sut ichishni tavsiya qilishmoqda

Olimlar nonushtaga sut ichishni tavsiya qilishmoqda

Foto: «Lifegid.com»

Kanadalik olimlarning «Journal of Dairy Science» jurnalida chop etilgan maqolasida ertalab sut ichishning foydasi haqida so‘z boradi. Ular o‘tkazgan tadqiqotda me’yordagi vaznga ega, yosh va sog‘lom 32 nafar inson qatnashdi.

Tadqiqot qatnashchilari ertalab har xil oqsil tarkibiga ega 250 millilitrdan sut va ikki porsiyadan suli bo‘tqasi iste’mol qilishdi. Tadqiqotchilar kun davomida ularning ishtahasi va qon tarkibidagi glyukoza miqdori o‘zgarishlarini tinmay kuzatib borishdi.

Aniqlanishicha, sut suvdan farqli ravishda qonda glyukoza to‘planishini susaytirarkan, sut oqsilga qancha boy bo‘lsa bu boradagi ta’siri ham shuncha kuchli bo‘larkan. Ertalablari sut ichganlarda kun davomida ko‘p ovqat yeyishga ham rag‘bat tug‘ilmagan.

Sut oqsillari qondagi qand miqdorini me’yorlashtirib, kun davomida ishtahani pasaytirib turadi. Bu ayniqsa semirishdan va 2-toifali diabetdan aziyat chekayotganlar uchun muhim.

«Olingan ma’lumotlarimiz, ayniqsa, taomnomamiz uglevodlarga boy bo‘lsa, nonushtaga albatta sutni qo‘shish kerakligini tasdiqlayapti. Diyetologlar sog‘lom va foydali nonushtaning muhimligi haqida ko‘p uqtirishadi, bizning tadqiqotimiz esa bunga qo‘shimcha tarzda sut ichish ham foydadan xoli emasligini ko‘rsatdi, — deya ta’kidlashdi kanadalik olimlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring