Olimlar koronavirus qanday bemorlarda og‘ir kechishini oldindan aniqlash yo‘lini topdi
Rossiyalik olimlar koronavirusning ilk belgilari paydo bo‘lgan davrdayoq kasallik bemorda kelgusida qanday kechishi va qanday oqibatlarni yuzaga keltirishi masalasida izlanishlar olib borib, yakunda kutilgan ijobiy natijaga erishishdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi diagnostika usuli COVID-19ga chalingan bemorlar organizmida kasallikning og‘ir shakli rivojlanishidan ogohlantiruvchi jarayonni aniqlash imkonini beradi.
Ya’ni ana shu xavf mavjud bo‘lsa, bemorlar qon plazmasi tarkibida xolesterin miqdori deyarli yarmiga kamayishi kuzatiladi. Ko‘rsatkich qancha pasaygani sari xastalik shu qadar og‘ir shaklga o‘tishi mumkinligi ayon bo‘ladi.
«Xolesterin miqdorining keskin kamayishi kasallik kuchayib ketishiga doir yomon prognozdir, — deb tushuntiradi mutaxassislar. — Masalan, shunday holat koronavirusga chalingan bemorda qayd etilsa, u tez orada reanimatsion yordamga muhtoj bo‘lishi mumkin».
Olimlar izohiga ko‘ra, xolesterin miqdori kamayishining bir necha sabablari bor. Jumladan, bu holat xolesterin metabolizmi va hujayra retseptorlari faolligi oshishi uchun mas’ul bo‘lgan genlarning noto‘g‘ri ishlashi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter