Olimlar COVID-19 ning bolalardagi xavfli oqibatlarini ma’lum qilishdi

Massachusets va Garvard tibbiyot maktablari (AQSh) olimlari bolalar va o‘spirinlar duch kelishi mumkin bo‘lgan COVID-19 ning xavfli asoratlari to‘g‘risida ogohlantirdilar. Tadqiqot tafsilotlari Healio portalida chop etilgan press-relizda keltirilgan.
Olimlar infeksiyaning uzoq davom etuvchi alomatlari orasida isitma, qorin og‘rig‘i, qusish, diareya, yurak yetishmovchiligi, og‘ir bosh og‘rig‘i va charchoq bor degan xulosaga kelishdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, oshqozon-ichak yo‘li kasalliklari bolalar orasida kamroq uchraydi, ammo ularni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, shifokorlarning aytishicha, COVID-19ni yuqtirgandan 2-4 hafta o‘tgach yurak-qon tomir tizimi va koronar arteriyaga zarar yetkazuvchi multitizimli yallig‘lanish sindromi (MIS-C) rivojlanish xavfi mavjud. Uning sabablarini aniqlash uchun olimlar 100 bola ishtirokida tajriba o‘tkazdilar.
Ma’lum bo‘lishicha, MIS-C bilan kasallangan bemorlarda virus ichaklarda aniqlanishda davom etgan. Sababi shundaki, oshqozon-ichak yo‘lida topilgan COVID-19 zarralari qon yo‘liga tushadi. Shu bois organizm MIS-Cga xos immun javob beradi. Massachusets shifoxonasining yetakchi pulmonologi Lel Yonkerning aytishicha, qondagi MIS-C virusi zarralari giper yallig‘lanuvchi reaksiyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib bergan birinchi tadqiqotdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter