Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar: barmoqlarga qarab xavfli kasallikni aniqlash mumkin

Olimlar: barmoqlarga qarab xavfli kasallikni aniqlash mumkin

Foto: «Triboona.ru»

Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati olimlari o‘pka saratonining shu paytgacha noma’lum bo‘lgan alomatini aniqlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qo‘l va oyoq barmoqlaridagi o‘zgarishlar og‘ir kasalliklardan darak beradi, deb yozadi «Vechernyaya Moskva».

Ma’lumki, o‘pka saratoni erta bosqichda o‘zini deyarli bildirmaydi. Biroq so‘nggi tadqiqotlar uning ham o‘ziga yarasha alomatlari borligini ko‘rsatdi. Masalan, o‘sma gormonlarga o‘xshab ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar ajratishi mumkin.

Ularning ta’sirida qon va suyuqlik barmoq uchlarida yig‘iladi. Natijada barmoqlarning hajmi sezilarli darajada kattalashadi. Bundan tashqari, tirnoq atrofidagi terining g‘ayrioddiy yaltirashi yoki ilgari ko‘zga tashlanmagan qavariq ham saratonga ishora qilishi fosh etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring