Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni boshdan o‘tkazganingizni bilmayapsizmi? 5 ta alomati bor!

Koronavirusni boshdan o‘tkazganingizni bilmayapsizmi? 5 ta alomati bor!

Foto: «101hairtips.com»

Qo‘l va tirnoqlar holati COVID-19 bilan kasallanganlikdan dalolat berishi mumkin. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.

Koronavirusdan keyin odamning tirnoqlarida aniq gorizontal chiziqlar qolishi mumkin. Bundan tashqari, tirnoq tagida chuqurchaga e’tibor qaratish kerak — u infeksiyani boshidan o‘tkazganlikning yana bir belgisi hisoblanadi. Tirnoqlar ostidagi yarim oyga o‘xshash qizil dog‘lar ham antitanachaga test topshirishga bahona bo‘ladi. COVID-19dan keyin tirnoqlarning uchlari to‘q sariq rangga kirishi mumkin. Nihoyat, yana bir xavotirli belgi — tirnoq tushishi.

Professor Tim Spektorning aytishicha, bordi-yu, koronavirusning boshqa alomatlari bo‘lmaganda ham, o‘tkazilgan infeksiyani qo‘llarga qarab aniqlash mumkin.

Britaniya Dermatologlar Assotsiatsiyasi prezidenti Tanya Bleyker, o‘z navbatida, kasallik paytida tirnoqlar o‘sishdan to‘xtashi, shuning uchun ikki-uch haftadan so‘ng ularda kichik chiziqlar paydo bo‘lishini izohlab berdi.

«Ular zararsiz va vaqt o‘tishi bilan o‘sadi — ko‘pincha bu bir necha oy ichida sodir bo‘ladi», — deya xulosa qildi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring