Olimlar Afg‘oniston bo‘yicha xavotirli bayonot berdi
Frank Hugurbits jamoadoshlari yaqin kunlarda Afg‘oniston va Tojikiston chegaralarida zilzilalar faollashishini ta’kidlashdi. Bu haqda meteorolog Erkin Abdulahatov yozmoqda.
Mazkur zona Afg‘onistondagi 200-300 km chuqurlikda joylashgan plitalarni ajratib turuvchi fokusli seysmik yoriq zona bo‘lib, bu nuqtada deyarli har kuni M 3-4 silkinishlar ro‘y berib turadi.
Bu safar ular mazkur nuqtada taxminan M 5 (balki 6) zilzila xavfini taxmin qilishmoqda. Bu kabi silkinishlar respublikamiz uchun talofatli zilzilani bermaydi.
Astro-seysmologlarning astronomik kuzatuv usullari asosida atmosferadagi qandaydir tebranishlarga tayanib prognoz berishicha, Afg‘onistondan tashqari yaqin kunlarda Ruminiya va Turkiya janubidagi seysmik zonalarda ham yer ostida energiya to‘lishib, zilzilalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yuqorida tasvirdan faol seysmo zonalarni bir qizil chiziq bog‘lab turganini ko‘rish mumkin. Bu chiziq astronomik sabablar yer ostida «to‘lishib» turgan energiyalarni harakatlantirib yuborishi mumkinligini tushinib yetish kerak. Va shu kabi o‘zgarishlar atmosfera fluktatsiyasida ro‘y bermoqda, deya yozadi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta ilgari Hirot atrofida sodir bo‘lgan zilzilada ikki mingdan oshiq inson halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter